Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Meksika bilan chegarani yopib qo‘yish haqida tahdid qildi
Foto: Leah Millis / Reuters
AQSh prezidenti Donald Trampning tvitterda ma'lum qilishicha, Vashington boshqa yo‘l yo‘q bo‘lsa, Meksika bilan chegarani yopib qo‘yadi.
«Meksika barcha noqonuniy muhojirlarni ushlab turishi va ularga Amerika Qo‘shma Shtatlariga kirib kelishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak», - deb yozgan Tramp.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar chegarani yopishga yoki Meksikaga qarshi bojlar joriy etishga tayyor.
Shuningdek, u kongressdagi demokratlar AQSh chegaralari xavfsizligi masalasini hal etishda yordam berishi kerakligini qo‘shimcha qildi.
Bundan oldin, Meksika AQShga ketayotgan muhojirlar karvonlarini ushlab turishdan bosh tortgandi.
Mavzuga oid
23:04 / 03.03.2026
Meksikada narkokartel yetakchisi «El Mencho» oltin tobutda dafn etildi
21:30 / 03.03.2026
FIFA prezidenti Meksika jahon chempionatini qabul qilishga tayyorligiga ishonch bildirdi
23:00 / 24.02.2026
Meksikada narkokartel rahbari o‘ldirilgandan keyingi tartibsizliklar to‘xtadi
11:57 / 24.02.2026