Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazirlar Mahkamasi a'zolarining vakolatlari va javobgarligi belgilanadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Hukumat tuzilmasiga kiruvchi idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlarini yanada ixchamlashtirish va faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi joylashtirildi.
Hukumat tuzilmasiga kiruvchi idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlarini yanada ixchamlashtirish va faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturiga ko‘ra, quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi kiritiladi:
Hukumatning vakolatlarini, ularni amalga oshirish mexanizmlarini aniq tartibga solish va iqtisodiy, moliyaviy, pul-kredit, investitsiya, ijtimoiy, madaniy-gumanitar, ta'lim, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, ekologiya va boshqa sohalarda hamda joriy vaziyatni kompleks tahlil qilish asosida tashqi iqtisodiy va tashqi siyosiy faoliyatda chuqur va tarkibiy qayta o‘zgartirishlar amalga oshirilishi va yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda ularni strategik rivojlantirish modellari ishlab chiqilishi uchun uning mas'uliyatini oshirish;
Vazirlar Mahkamasi a'zolarining vakolatlarini va ularning javobgarligini belgilash;
Hukumatning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, sudlar, huquqni muhofaza qilish va harbiylashtirilgan tuzilmalar, nodavlat notijorat tashkilotlar va siyosiy partiyalar bilan o‘zaro hamkorligi masalalari;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini o‘tkazish, ularning yakunlari bo‘yicha qarorlar qabul qilish reglamenti, shuningdek, majlislarni o‘tkazish davomida ko‘rib chiqiladigan aniq masalalar ro‘yxatini belgilash.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Bajarish muddati - 2019 yil 1 iyun, mas'ul ijrochilar - Adliya vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar.
Mavzuga oid
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026
Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
11:59 / 17.12.2025