Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda 4 nafar amerikalik harbiy halok bo‘ldi
Foto: TASS/Imago/Rahmat Alizadah
Afg‘onistonda qo‘lbola bombaning portlashi vaqtida 3 nafar amerikalik harbiy va NATO harbiy koalitsiyasining bir nafar harbiysi halok bo‘ldi. Yana 3 nafar amerikalik harbiy jarohat olgan. Bu haqda NATOning rasmiy saytida ma'lum qilingan.
Voqea Kobul yaqinidagi Bagram aviabazasi yonida sodir bo‘lgan. Yaradorlar evakuatsiya qilingan.
AQSh qurolli kuchlarining Afg‘onistondagi vakili general-mayor Devid Batler bomba xavfsizlik konvoyi yonida portlaganini ma'lum qilgan. Aviabazaga hujum uchun javobgarlikni “Tolibon” harakati o‘z zimmasiga olgan.
AQSh va NATOning oxirgi ma'lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda Afg‘onistonda 7 nafar amerikalik harbiy, 2015 yildan beri umumiy hisobda 68 harbiy halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:23
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozida qolib ketgan kemalarni «ozod etish» operatsiyasini e’lon qildi
07:31
Tramp Eronning yangi tinchlik takliflarini rad etdi
20:29 / 03.05.2026
O‘zbekistonliklar AQShda qishloq xo‘jaligi sohasida ishlashga yuboriladi
17:31 / 03.05.2026