Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kitob sovg‘a qilish davom etadi: navbat Jizzaxga!
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish buyicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida uyushtirilayotgan tadbirlar, shaxsiy tashabbuslar davom etmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri, navbatdagisi Jizzaxda bo‘lib o‘tdi.
Jizzax shahar xalq ta'limi bo‘limiga qarashli 22-ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabini 1999 yilda tamomlagan, bugungi kunda Sirdare viloyati IIB YXXB bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlayotgan podpolkovnik Ernazarov Sherzod Abdusaitovich maktab kutubxonasiga 40 nomdagi badiiy kitoblarni sovg‘a qildi.

Bu maktab 1991 yilning 2 sentabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomli 22-“Iqtidorli o‘quvchilar gimnaziyasi” nomi bilan tashkil topgan. Maktabda bugungi kunda 2063 nafar o‘quvchilar tahsil olmoqda hamda ularga 103 nafar pedagog hodimlar ta'lim-tarbiya berib kelmoqdalar.
Maktab aniq fanlar, tabiiy fanlar va ingliz tili faniga ixtisoslashtirilgan. Maktabda “Harbiy vatanparvarlikka ixtisoslashtirilgan sinf” tashkil qilinib, bugungi kunda mazkur sinfda 26 nafar o‘quvchilar tahsil olmoqdalar.

Maktab 7 yildan buyon barcha parametrlar bo‘yicha Jizzax shahar va Jizzax viloyati maktablari ichida eng namunali maktablardan biri hisoblanadi. Ushbu o‘quv yilida “Fan olimpiadalari”ning viloyat bosqichida 9 nafar o‘quvchilar 1-,2-,3-o‘rinlarni egalladilar.
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomnidan tashkil qilingan “Yosh qutqaruvchilar” musobaqasining shahar bosqichida maktabning “Qalqon” jamoasi 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, “Temurbeklar” xarbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Maktab jamoasi xalq ta'limi vazirligi hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan o‘tkaziladigan tanlovlarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritib kelmoqda. Jumladan, “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik tanlovining Respublika bosqichida 12 nafar o‘qituvchilar ishtirok etib faxrli o‘rinlarni egallagan.
Maktabga 2004 yildan buyon rahbarlik qilib kelayotgan Sadriddinova Dilfuza Ruziqulovna maktabning hozirgi kundagi mavqeyi va muvaffaqqiyatlarining sirini sog‘lom muhit va sog‘lom jamoada deb biladi.
Mamlakatimizda ta'lim sohasiga alohida e'tibor qaratilayotgan hozirgi davrda maktab jamoasi ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘zining strategiyasini belgilab olgan. Unda ta'lim jarayoniga yangi innovatsiyalar kiritish, jumladan, barcha sinf xonalariga ovozli kuzatuv kameralari o‘rnatilib, onlayn tarzda darslarni tashkil qilish va kuzatish yo‘lga qo‘yildi.
2019 yilning mart oyida Germaniyadan boshlang‘ich sinflarda matematka va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchi Jyens Xeyn janoblari taklif qilindi va maktab pedagogik jamoasini germaniya ta'limi va metodikasi bilan birga, xalqaro baholash tizimi (PISA, PIRLS, TIMS va boshqalar) to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Maktabda “Bir farzandga uch kitob” aksiyasi tashkil qilinib, maktabda ta'lim olayotgan o‘quvchilarning ota-onalari homiyligida maktab kutubxonasiga 3000 tadan ortiq kitoblar sovg‘a qilingan bo‘lsa, jamiyatimizda o‘zining mavqeyiga ega bo‘lgan sobiq bitiruvchilar tomonidan bugungi kunga qadar 500 dan ortiq kitoblar sovg‘a qilindi.
Jumladan, 2019 yilning 9 aprel kuni ushbu maktabni 1999 yilda tamomlagan va bugungi kunda Sirdaryo viloyati IIB YXHB bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik Ernazarov Sherzod Abdusaitovich tashrif buyurib, maktab kutubxonasiga 40 nomdagi badiiy kitoblar sovg‘a qildi.
Ernazarov Sherzod o‘zining barcha yutuqlari va jamiyatda o‘rnini topishida maktab va maktabdagi ustozlarining o‘rni beqiyos ekanligini ta'kidlaydi. Shu sababdan ham o‘zining farzandlari Shohjahon va Shahriyor Abdusaitovlarning ham mana shu maktabda ta'lim-tarbiya olishini xohlagan.