Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Rossiya haqida: surbetlashib ketishdi
Foto: AP Photo/Yekaterina Shtukina
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiyaning xatti-harakatlarini sanksiyalar bilan tenglashtirdi. Bu haqda BelTA xabar bergan.
U Belarusdan olmalar olib kirishga cheklov joriy qilgan Rossiyaning harakatlarini qoralab chiqdi.
«U yerda shu darajada surbet bo‘lib qolishdiki, hatto bizning qo‘llarimizni qayira boshlashdi», - deya ma'lum qilgan Lukashenko.
Belarus prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya g‘arb sanksiyalarini tanqid qilib va ayni paytda o‘z sheriklariga qarshi cheklovlar joriy etib, xato yo‘l tutyapti.
«Ularning o‘zi sanksiyalar ostida bo‘lib turibdi va buni qoralashmoqda. Men ularni bu borada butunlay qo‘llab-quvvatlayman. Shu bilan birga, ular o‘zlarining ittifoqchilariga qarshi shunga o‘xshash qurol bilan kurashmoqda», - dedi Lukashenko.
Avvalroq, Rosselxoznadzor 12 apreldan boshlab Belarusdan olma va nok olib kirishga taqiq qo‘ygani haqida xabarlar tarqalgandi.
Bundan oldin, Lukashenko fermaga tashrifidan keyin bosh vazir o‘rinbosari, vazir va gubernatorni ishdan haydagandi.
Mavzuga oid
21:26 / 18.02.2026
Rossiya sanksiyalarni bekor qilish evaziga AQShga «katta kelishuv» taklif qildi – OAV
20:11 / 18.02.2026
Putin yana ikki yil urushishni rejalashtirmoqda – NYT
14:28 / 18.02.2026
Patrushev NATOni “hujumkor guruh” tuzishda aybladi
13:20 / 18.02.2026