Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko fermaga tashrifidan keyin bosh vazir o‘rinbosari, vazir va gubernatorni ishdan haydadi
27 mart kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bosh vazir o‘rinbosari Mixail Rusiy, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vaziri Leonid Zayats hamda Mogilev oblasti gubernatori Vladimir Domanevskiyni iste'foga chiqardi. Bu haqda Belarus prezidenti matbuot xizmati ma'lum qilmoqda.
Amaldorlar Lukashenko 26 mart kuni Mogilev oblasti Shklov tumanida joylashgan «Sliji» sut-tovar kompleksiga tashrif buyurganidan so‘ng lavozimlarini tark etishgan. Davlat rahbari ishlab chiqarish binolaridagi tartibsizlik va sigirlarni saqlash sharoitlaridan norozi bo‘lgan. «Agar kishi bu Osvensim ekanini tushunmasa, sizlar esa uni xolding rahbari etib tayinlasanglar, men sizlarni umuman tushunmayapman», - deya murojaat qilgan Lukashenko amaldorlarga.
Fermaga tashrif buyurganidan keyin Lukashenko sut-tovar-kompleksi holati uchun mas'ul bo‘lgan shaxslarni ishdan bo‘shatish va jinoiy ish ochish haqida ko‘rsatma berdi.
Bundan oldin, Lukashenko Rossiyaga murojaat qilgandi.
Mavzuga oid
10:05 / 10.07.2026
Lukashenko: O‘zbek oilalarini Belarusda ko‘rishni istaymiz
18:21 / 09.07.2026
Mirziyoyev va Lukashenko muzokaralar yakunlarini sarhisob qildi
16:49 / 09.07.2026
O‘zbekiston va Belarus munosabatlari strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi
14:43 / 09.07.2026