Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Reuters: Pokistondagi portlash uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi
Pokistondagi bozorda 20 kishi qurbon bo‘lishiga olib kelgan portlash uchun javobgarlikni IShID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
13 aprel kuni Belujiston viloyatining Kvetta shahridagi bozorda portlash sodir bo‘ldi. Portlash oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘lgan, 48 kishi jarohatlangan.
Pokiston rahbariyati va mamlakatdagi yetakchi siyosiy kuchlar mazkur voqeani keskin qoralab bayonot berdi.
Mamlakat bosh vaziri Imron Xon hodisa yuzasidan olib borilgan tergov natijalarini taqdim etish hamda jabrlanganlarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishga buyruq berdi.
Mavzuga oid
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
12:24 / 10.06.2026