Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda barcha xorijlik mehmonlarga "turist pasporti" beriladi
Qirg‘izistonda barcha xorijlik mehmonlarga "turist pasporti" beriladi, deb ma'lum qildi respublika turizm departamenti direktori Maksat Damir uulu.
"Bu yil International Travel ID turistlar pasportini joriy etamiz. U pasport kabi bo‘lmaydi, karta ko‘rinishida bo‘ladi", - dedi Damir uulu.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur hujjatda QR- kod mavjud bo‘ladi, uning yordamida turistlar turistik axborot markazining internet-portaliga kira olishadi.
"Ushbu portaldan Qirg‘iziston haqida, qayerga borish, qayerda ovqatlanish mumkinligi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni olish mumkin", - dedi departament direktori.
Damir uuluning qayd etishicha, bunday pasportlar ko‘plab turistik mamlakatlarda joriy etilgan.
"Pasport chegarachilar tomonidan beriladi. Tez orada bu yangilikni "Manas" aeroportida joriy etamiz, keyinchalik bu hujjatni barcha chegara postlarida olish mumkin bo‘ladi", - dedi u.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonga yiliga yetti millionga yaqin xorijlik turist keladi. Ularning 90%dan ortig‘ini MDH mamlakatlaridan kelganlar tashkil etadi.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026