Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda turizm politsiyasiga yangi avtomobillar berildi
Samarqand viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Transport va turizm obektlarida jamoat xavfsizligini ta'minlashning samarali tizimini joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori talablarini bajarish yuzasidan muayyan ishlarni amalga oshirmoqda. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmatiga asoslanib, Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Samarqand viloyatiga tashrif buyurayotgan sayyohlarning xavfsizligini ta'minlash va har qanday favqulodda vaziyatlarning oldini olish, viloyat turizm salohiyatini yuksaltirish, sayyohlar uchun qulay sharoit yaratish, Samarqandni tashrif uchun xavfsiz shahar sifatida obro‘sini shakllantirish — Samarqand viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasining asosiy vazifasi sanaladi.
Viloyatdagi turizm obektlari va infratuzilmasi hududida jamoat xavfsizligini ta'minlash faoliyatini moddiy-texnik mustahkamlash maqsadida boshqarmasiga viloyat xokimligi mablag‘lari hisobidan 1 dona «Tracker», 1 dona «Lacetti», 1 dona «Nexia-3» avtomashinalari va 2 dona elektromobillar ajratildi.

Mavzuga oid
17:23 / 17.01.2026
Farg‘onada 3-, Samarqandda esa 4-sinf o‘quvchisi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
21:29 / 15.01.2026
2025 yil jahon turizmi tarixidagi eng yaxshi yil bo‘ldi – daromadlar €10 trln
19:23 / 15.01.2026
Prezidentga Samarqanddagi loyihalar va Buxoro bosh rejasi taqdim etildi
14:54 / 15.01.2026