«O‘zstandart» faoliyati takomillashtiriladi. Hukumat qarori qabul qilindi

Foto: O‘zstandart
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“O‘zstandart”), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligining quyidagi tartibni joriy etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.
Ushbu tartibga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan mahsulotlarning muvofiqligini deklaratsiyalash yo‘li bilan tasdiqlash huquqi berilgan tadbirkorlik sub'yektlari kalendar yil yakunida ishlab chiqarilgan deklaratsiyalangan mahsulotlar realizatsiyasi bo‘yicha muvofiqlik belgisidan foydalanganlik uchun bir martalik to‘lovni amalga oshiradi;
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarining "Mahsulotlar va xizmatlar sifati sohasidagi xizmatlari uchun” mukofoti laureatlari bo‘lgan mahalliy korxonalar nomzod mahsulot bo‘yicha muvofiqlik sertifikati amal qilish muddatida muvofiq belgisidan foydalanganlik uchun bir martalik to‘lovdan ozod etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 12 dekabrdagi PQ-4059-son qaroriga muvofiq:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari tugatilib, Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini ta'minlash departamenti tashkil etilgan;
Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 3 oktyabrdagi 342-son qarori bilan tashkil etilgan “O‘zstandart” agentligi huzuridagi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish maxsus jamg‘armasining qo‘shimcha xarajatlari moddalari nazarda tutilgan.
Belgilab qo‘yilishicha:
Departament tugatilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar standartlashtirish va metrologiya boshqarmalarining 2018 yil 12 dekabrga qadar imzolangan shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Faoliyatni sifatli amalga oshirish uchun avtotransport vositalarini, aloqa va Internet resurslarini ajratish, shuningdek, Departament hududiy inspektorlarining ehtiyojlari uchun boshqa moddiy-texnika vositalarini ajratish bilan bog‘liq bo‘lgan va “O‘zstandart” agentligi tomonidan aniqlanadigan xarajatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlar va shaharlardagi sinov va sertifikatlashtirish markazlarining o‘z mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36
-
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi
Jahon | 00:30
-
Fransiyaning Renault kompaniyasi Ukraina uchun dronlar ishlab chiqaradi
Jahon | 00:05
-
Yaponiya ilk bor 1000 kilometrdan ortiq masofaga uchadigan raketalarini namoyish etdi
Jahon | 23:50 / 08.06.2025
Mavzuga oid

14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi

10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi

13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi

13:31 / 29.04.2025