Mablağlar yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş işlari bilan boğliq xarajatlarni amalga oşiriş uçun tasdiqlangan manzilli röyxatga asosan Toşkent şahrini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan tuman Obodonlaştiriş boşqarmalariga ajratiladi.
Mablağning 1 milliard 460 million sömi piyodalar böyiça yöl-transport hodisalarining oldini oliş maqsadida köça va yöllar böylab temir panjara örnatiş uçun, 588 million sömi esa voyaga yetmaganlar örtasida yöl-transport hodisalarining oldini oliş maqsadida qavariq piyodalar ötiş joylarini taşkil qiliş uçun sarflanadi.
Hujjatga köra, yöllar böylab jami 5600 metrlik panjaralar örnatiladi. Qavariq piyodalar ötiş joylari şaharning 42 ta joyida taşkil etiladi. Olmazor tumanida 6 ta, Şayxontohur, Yunusobod, Sergeli, Mirobod tumanlarida 5 tadan, Bektemir tumanida 4 ta, Yaşnobod va Çilonzor tumanlarida 3 tadan, Mirzo Uluğbek, Yakkasaroy va Yangihayot tumanlarida esa 2 tadan qavariq piyodalar ötiş joylari taşkil etiladi.

















