Sport | 15:32 / 26.04.2019
40783
3 daqiqa o‘qiladi

Bahodir Jalolov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etdi. O‘zbekiston Osiyoda yana tengsiz

Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi

Tailandning Bangkok shahri mezbonligidagi havaskorlar boksi bo‘yicha Osiyo chempionatining final janglari yakunlandi.

+91 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Bahodir Jalolov qozog‘istonlik Qamshibek Konkabayevga qarshi jang qilib, raqibini ochkolar hisobiga mag‘lub etdi va ikkinchi bor Osiyo chempioniga aylandi. 

Bahodir Jalolov finalga qadar xitoylik Haipeng Mu va suriyalik Muhammad Mulayyes to‘sig‘idan osonlik bilan o‘tgandi.

Jalolovning medali O‘zbekiston erkaklar terma jamoasining turnirdagi to‘rtinchi oltin medali bo‘ldi. Bungacha Nodirjon Mirzaahmedov (-49 kg), Miraziz Mirzaxalilov (-56 kg) va Bobo Usmon Boturov (-69 kg) oltin medallarga ega chiqqan, Shukurjon Rahimov (-60 kg) bronza, Sanjar Tursunov (-91 kg) kumush medal bilan kifoyalangandi.

Shu tariqa, O‘zbekiston boks terma jamoasi 4ta oltin, 1ta kumush va 1ta bronza medal bilan Osiyo chempionatida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

O‘zbekiston terma jamoasi 5 finaldan 4tasida g‘alaba qozondi:

49 kg: Nodirjon Mirzahmedov – Dipak (Hindiston)
-56 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov – Kavinder Singx (Hindiston)
-69 kg: Bobo-Usmon Baturov – Sevonrets Okazava (Yaponiya)
-91 kg: Sanjar Tursunov – Xyung Kyu Kim (J.Koreya)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Kamshibek Konkabayev (Qozog‘iston).

Shuningdek, ayollar terma jamoasi ham 3ta bronza medalga egalik qilishdi.

Musobaqada sovrindor bo‘lgan bokschilar:

Oltin medal egalari:
Nodirbek Mirzahmedov (-49 kg
Mirazizbek Mirzahalilov (-52 kg)
Bobo-Usmon Baturov (-69 kg)
Bahodir Jalolov (+91 kg)

Kumush medal egasi:
Sanjar Tursunov (-91 kg)

Bronza medali egalari:
Shukurjon Rahimov (-60 kg)
Shahnoza Yunusova (-69 kg)
Yodgoroy Mirzayeva (-57 kg)
Maftuna Meliyeva (-64 kg)

O‘zbekiston 2017 yili Toshkentda o‘tgan qit'a birinchiligida ham yaqqol ustunlik (9ta oltin va 1ta kumush) tengsiz bo‘lgandi.

Mavzuga oid