Tailand poytaxtida ötayotgan boks böyiça Osiyo çempionatida erkaklar örtasidagi yarim final bahslari yakunlandi. Unda Özbekiston terma jamoasining uşbu bosqiçga yetib kelgan 6 vakilidan 5 nafari finalga çiqdi.

Image
Şukurjon Rahimov / Foto: Özbekiston boks federatsiyasi

Keçki dastur janglarini özbekistonlik boksçilardan Şukurjon Rahimov boşlab berdi. Rahimov, qolgan beş jamoadoşidan farqli ravişda, reytingi özidan ançagina baland bölgan jiddiy raqib – möğulistonlik Tsendbaatar Yerdenebatgaga qarşi ringga çiqdi. Yerdenebatga sönggi Osiyo öyinlarida Şunqor Abdurasulovni mağlub etib, çempionlikni qölga kiritgan va vazn toifasidan qat'i nazar havaskor ringda dunyoning eng kuçli boksçilaridan biri sanaladi. U Şukurjonni oçkolar hisobida yengib finalga çiqdi, Rahimov esa bronza medali bilan qaytadigan böldi.

Bu – Özbekiston terma jamoasining ikkinçi bronza medali böldi. Bunga qadar kunduzgi dasturda -69 kg vazn toifasi vakilasi Şahnoza Yunusova xitoylik Xong Gu bilan jangda mağlubiyatga uçrab, terma jamoaga dastlabki medalni taqdim etgandi.

Şundan söng Bobo–Usmon Baturov (-69 kg) va Bahodir Jalolov (+91 kg) final yöllanmasi uçun janglarda mos ravişda hindistonlik Aşiş hamda suriyalik Muhammad Mulayyesdan ustun kelib, final yöllanmasiga ega çiqişdi.

Bobo–Usmon Baturov / Foto: Özbekiston boks federatsiyasi