Tailandning Bangkok şahri mezbonlik qilayotgan boks böyiça Osiyo çempionatida Özbekistonning yana ikki vakili yarim finalga çiqdi.
Avvaliga -69 kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilayotgan Bobo Usmon Boturov qozoğistonlik Aslanbek Şimbergenov bilan jang qildi.

Jangning uçinçi raundida ikki boksçining ham qoşi yorilib ketdi, natijada referi jangni töxtatdi. Bu vaqtga kelib özbekistonlik boksçi oçkolar hisobiga oldinda edi va hakamlar uning ğalabasini qayd etişdi. Baturov endi yarim finalda jang qiladi.
+91 kg vazn toifasida ringga çiqqan Özbekiston terma jamoasi vakili Bahodir Jalolov xitoylik Haipeng Muniga qarşi ringga kötarilib, oçkolar hisobiga ustun keldi va yarim final yöllanmasini qölga kiritdi.

Ayollar örtasida -75 kg vazn toifasida ringga çiqqan Mavluda Mavlonova Xitoy taypeyilik Vei-Siyen Lin bilan jang ötkazib mağlub böldi va musobaqadagi iştirokini yakunladi. -60 kg vazn toifasi vakili Rayhona Qodirova ham turnirni erta tark etdi, u çorak finalda möğulistonlik Namuun Monxorga yutqazib qöydi.
Şu tariqa, Osiyo çempionatiga 20 nafar sportçi bilan yöl olgan Özbekiston jamoasidan faqat 8 nafari yarim finalga çiqdi - Nodirjon Mirzahmedov (-49 kg), Mirazizbek Mirzaxalilov (-56 kg), Şukurjon Rahimov (-60 kg), Bobo Usmon Baturov (-69 kg), Sanjar Tursunov (-91 kg), Bahodir Jalolov (+91 kg), Yodgoroy Mirzayeva (-57 kg), Şahnoza Yunusova (-57 kg). Turnirda sovrindor bölişi kutilgan Hasanboy Dösmatov (-52 kg), Şunqor Abdurasulov (-64 kg), Dilşodbek Rözmetov (-81) va Isroil Madrimov (– 75 kg) kabi boksçilar turnirdagi iştirokini yakunlab bölişdi.
















