Jahon | 00:11 / 26.04.2019
15200
1 daqiqa o‘qiladi

Liviyada Haftar armiyasi muhim strategik pozitsiyani egalladi

Foto: Esam Al-Fetori / Reuters

Feldmarshal Halifa Haftar boshchiligidagi Liviya milliy armiyasi (LMA) Tripolidagi milliy kelishuv hukumati kuchlariga qarshi jangda muhim strategik pozitsiyani egallashga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Al Masdar News nashri yozdi.

Ma'lum qilinishicha, LMA Al-Aziziya shahri yaqinida hukumat kuchlarini siqib chiqargan. Ushbu shahar Tripolidan taxminan 55 km uzoqlikda joylashgan.  

Ta'kidlanishicha, Haftar armiyasi hukumat kuchlarini shimolga chekinishga majbur qilgan va shu tariqa bu hududdagi bir haftalik janglarni yakunlagan. Pozitsiyalarning egallanishi LMAga jiddiy ustunlik beradi: bu yerdan harbiylar Tripolining janubiy hududlariga jiddiy yurishni amalga oshirishlari mumkin.

23 aprelda LMA Tripoliga hujumning 2-bosqichini boshlagani ma'lum qilingan. O‘sha kuniyoq LMA kuchlari aviabazaga hujum qilmoqchi bo‘lgan harbiy samolyotni urib tushirgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid