Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQShning qurol savdosi haqidagi xalqaro kelishuvdan chiqishini e'lon qildi
Foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh qurol savdosi haqidagi xalqaro kelishuvdan chiqishini e'lon qildi. Tramp bu haqda Milliy o‘q otish uyushmasining Indianapolisdagi yig‘ilishida ma'lum qilgan.
Trampning aytishicha, u senatdan avvalgi prezident Barak Obama vaqtida imzolangan kelishuvning ratifikatsiyasi jarayonini to‘xtatishni so‘raydi.
«Mening ma'muriyatim bu kelishuvni hech qachon ratifikatsiya qilmaydi», deb aytgan AQSh prezidenti.
Trampning ta'kidlashicha, BMT bu haqda rasmiy bildirish oladi.
Ushbu kelishuv 2014 yil 24 dekabrdan amal qiladi va davlatlar o‘rtasida qurol savdosini tartibga soladi. Uni 83 davlat ratifikatsiya qilgan. AQSh ushbu kelishuvni imzolagan, biroq hali ratifikatsiya qilmagan edi.
Mavzuga oid
14:35
AQSh «Lukoyl»ga joriy etilgan ayrim sanksiyalarni vaqtincha bekor qildi
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00
NATO Shimoliy Yevropa mudofaasi bo‘yicha shtabni AQShga ko‘chiradi
08:40