Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda o‘tkazilgan palov va non saylida g‘oliblar aniqlandi
Samarqand viloyat va shahar hokimliklari, turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan shaharidagi teatr maydonida palov va non sayli tashkil etildi. Sayilda tomoshabinlarga bu taom va pishiriqning tayyorlanish sirlari, bu ne'matlar bilan bog‘liq an'ana va urf-odatlar namoyish etildi.


Kun.uz muxbiriga ko‘ra, tadbirda Samarqand nonlarining yuzdan ziyod xili namoyish qilindi. Bir nechta qozonlarda esa o‘zbek milliy oshxonasining shohona taomi — palov damlandi. Ayniqsa, xorijlik sayyohlar osh tayyorlash jarayonini katta qiziqish bilan kuzatishdi.
Festival davomida do‘ppi va ro‘mol ko‘rgazmalari ham tashkil etildi.





Festival yakuniga ko‘ra Shahzod Jamshedov eng mahoratli oshpaz, deb topildi. Bu borada Asad Boboqulov — ikkinchi, Shahboz Jamshedov esa uchinchi bo‘lishdi. Eng yaxshi novvoy yo‘nalishida Shokir Boboqulov g‘olib bo‘ldi. Keyingi o‘rinlar Nigina Habibova va Shahlo Siddiqovaga nasib etdi.
O‘z muxbirimiz.
Mavzuga oid
19:18 / 06.02.2026
Samarqandda xorijdagi festivalga o‘z farzandlarini yuborgan mansabdorlardan 28 mln so‘m undirildi
15:30 / 03.02.2026
Samarqandda kuniga 500 tonna chiqindi saralaydigan stansiya quriladi
10:53 / 29.01.2026
Samarqandda yollanma qotil orqali tanishini o‘ldirmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
10:30 / 29.01.2026