Jahon | 01:25 / 29.04.2019
31410
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Turkiyada dam olayotgan Zelenskiyga tansoqchilarni biriktirib qo‘ydi 

Ukrainaning bo‘lg‘usi prezidenti Vladimir Zelenskiy Turkiyaning Bodrumida prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an unga ajratgan tansoqchilar nigohi ostida dam olmoqda. Bu haqda mahalliy politsiyaga iqtibos keltirgan holda “Strana.ua” nashri ma'lum qildi.  

Avvalroq Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlarda Turkiyada dam olayotganini va bu uning oxirgi 4 oy ichidagi ilk dam olish kunlari ekanini ma'lum qilgan.

“Hozirda kurortda turli davlatlardan 20 ga yaqin yuqori lavozimli amaldor dam olmoqda, biroq hech kimga bunchalik yuqori e'tibor yo‘q. Zelenskiyning Erdo‘g‘an taqdim qilgan tansoqchilari juda jiddiy. Jurnalistlar uni restoranda ovqatlanayotganda suratga olishmoqchi bo‘lishganda, tansoqchilar bunga keskin tarzda yo‘l qo‘yishmadi”, deb ma'lum qilingan xabarda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid