Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yuventus» Ikardiga rad etib bo‘lmas taklif berdi
«Inter» hujumchisi Mauro Ikardi faoliyatini «Yuventus»da davom ettirishi mumkin.
BeIN Spors jurnalisti Tankredi Palmerining ma'lum qilishicha, Turin klubi yozda 26 yoshli argentinalikni sotib olmoqchi. Shu maqsadda «Yuve» unga soliqlarni hisobga olmaganda yillik 8,5 mln yevro miqdoridagi maoshni ko‘zda tutuvchi 5 yillik bitim taklif qilgan.
Avvalroq Ikardiga «Napoli», «Atletiko» va «PSJ» klublari ham befarq emasligi ma'lum bo‘lgandi. «Inter» uning uchun 70 mln yevro so‘ramoqda.
Shu bilan birga, Mauroning o‘zi «Real»ga o‘tishni orzu qilayotgani haqida xabarlar bor.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval hujumchining rafiqasi Vanda Nara u o‘z klubidan ketmoqchi emasligini qat'iy ta'kidlagan edi.
Mavzuga oid
13:39 / 15.02.2026
«Real»da yirik g‘alaba, Italiya derbisida hakamlik mojarosi. Kun o‘yinlari
12:15 / 02.07.2025
«Real»da yangi yulduz porlashda davom etmoqda, Ramos uyga qaytdi
12:27 / 19.06.2025
Alonso «Real»da durang bilan boshladi, «Siti»da oson g‘alaba
14:28 / 28.10.2024