Jahon | 17:39 / 02.05.2019
6428
2 daqiqa o‘qiladi

Obama kompaniyasi Tramp ma'muriyati haqida serial suratga oladi

Foto: AFP 2019 / Jack Gruber/POOL

AQShning sobiq prezidenti Barak Obama va uning rafiqasi Mishelga tegishli Higher Ground Productions prodyuserlik kompaniyasi Donald Tramp ma'muriyatining dastlabki faoliyati to‘g‘risidagi serialni suratga olishini ma'lum qildi, deb yozadi News 18 portali.

Serial amerikalik yozuvchi va jurnalist Maykl Lyuisning "Beshinchi xatar" nomli kitobi asosida suratga olinadi. Unda Obama ma'muriyati va Tramp prezidentligi orasidagi o‘tish davri hamda yangi prezident vaqtidagi siyosiy tayinlovlar haqida hikoya qilinadi.  

"Biz tarix haqida hikoya qilish uchun Higher Ground kompaniyasini tashkil etdik… Ularda irq va toifa, demokratiya va fuqarolik huquqlari hamda boshqa masalalar tilga olinadi, har bir asar barchamizga ma'lumot beradi, birlashtiradi va ilhomlantiradi", - dedi Obama.

Avvalroq film va seriallar ishlab chiqaruvchi Netflix kompaniyasi Barak va Mishel Obamalar bilan turli filmlarga prodyuserlik qilish to‘g‘risida kelishib olgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid