Volkswagen AQShdagi "dizel mojarosi" sababli 30 mlrd yevro yo‘qotdi
"Dizel mojarosi" sababli Volkswagen avtokonserni ko‘rgan zarar miqdori 30 milliard yevroga yetdi, deb xabar berdi n-TV telekanali.
Xabar qilinishicha, shu yilning dastlabki uch oyi mobaynida konsern yuridik xarajatlar uchun salkam 1 milliard yevro sarflagan. VW moliyaviy direktori Frank Vitterning so‘zlariga ko‘ra, aksariyat xarajatlar Shimoliy Amerikadagi mojarolar bilan bog‘liq bahslarni hal qilishga sarflangan.
Telekanalning qayd etishicha, ayni paytda Germaniyada Volkswagen konserniga nisbatan 60 mingga yaqin sud protsessi olib borilmoqda.
Volkswagen 2015 yil kuzida "dizel mojarosi" deb nomlangan muammo ostida qolgandi. O‘shanda AQShda kompaniyani dizel avtomobillariga chiqindi chiqishining aniq ko‘rsatkichlarini pasaytiruvchi dasturiy ta'minot o‘rnatishda ayblashgandi.
Amerika hukumati konsernni 2009-2015 yillarda sotilgan 482 mingta yengil mashinani qaytarib olishga majbur qilgandi.
Mavzuga oid
20:31 / 13.11.2024
Volkswagen Tesla’ning raqobatchisi bilan 5,8 mlrd dollarlik bitim imzoladi
15:51 / 07.11.2024
Shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida zararni qoplab berish rejalashtirilmoqda
22:16 / 28.10.2024
Volkswagen Germaniyadagi kamida uchta zavodini yopadi
08:30 / 26.09.2024