O‘quvchilar uchun maxsus mobil aloqa dasturini ishlab chiqish taklif etildi
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida maktab o‘quvchilari uchun maxsus “School mobile” mobil aloqa dasturini ishlab chiqish haqida petitsiya e'lon qilindi.
Kattalar uchun mo‘ljallangan aksariyat saytlarga kirish va ulardagi ma'lumotlardan foydalanish bolalar hamda o‘smirlar o‘rtasida avj olib bormoqda, deyiladi murojaatda.
“Bunday saytlardan foydalanish bolalarning ong-u tafakkuriga salbiy ta'sir ko‘rsatib, axloqiy jihatdan buzilishlarga olib keladi. Ushbu salbiy holatlarning maktab o‘quvchilari orasida uchrashi kishi dilini xira qiladi”, - deb yozadi petitsiya muallifi.
Bunday holatlarning oldini olish maqsadida maktab o‘quvchilari uchun maxsus “School mobile” dasturiy vositalari (operatsion tizimi)ni yaratish va tatbiq qilish zarurligi bildiriladi.
Mazkur dastur asosida ishlaydigan mobil aloqa vositalarida quyidagi qulayliklar va cheklovlar bo‘lishi lozim:
Dasturning imkoniyatlari:
1) turli tillardagi lug‘atlar;
2) dars jarayonida kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan dastur va ilovalar;
3) interaktiv va intellektual o‘yinlarga asoslangan maxsus dasturlar.
Dasturdagi cheklovlar:
1) internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati;
2) videoroliklar ko‘rish imkoniyati cheklanadi.
“School mobile” mobil aloqa dasturi ta'lim maskanlarida mobil aloqa vositalarini taqiqlashdan ko‘ra ko‘proq samara berib, dars vaqtida o‘quvchining diqqatini jamlashi, chuqur bilim olishiga xizmat qiladi.
“Mazkur taklifni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qo‘llab-quvvatlaydi degan umiddamiz”, - deyiladi murojaatda.
Mavzuga oid
13:20 / 09.09.2024
Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash dasturi takomillashtiriladi
10:03 / 02.09.2024
“Xalq nazorati” portali orqali qilingan murojaatlar soni 45 mingdan oshdi
17:55 / 28.08.2024
Ko‘p kvartirali uylarning boshqaruvchilari sudga murojaat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi
08:34 / 16.05.2024