Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning turistik salohiyati Tokio metrosida reklama qilinmoqda
O‘zbekistonning turistik salohiyati Tokio metrosida reklama qilinmoqda. Qo‘hna Samarqand va Buxoroning diqqatga sazovor tarixiy joylarining rango-rang suratlari aks etgan reklama bannerlari Tokio metrosining “Shinjuku”, “Otemachi” va “Ikebukuro” stansiyalarida joylashtirilgan.

Reklama bannerlaridagi “O‘zbekiston – Buyuk Ipak yo‘lining yuragiga xush kelibsiz” chaqirig‘i va O‘zbekistonning yorqin suratlari yaponiyaliklarni befarq qoldirmasligi kerak.
Yaponiya poytaxti metrosidagi reklama kampaniyasi Kunchiqar mamlakat aholisini o‘ziga jalb qilishi va olis yurtdan O‘zbekistonga sayyohlar oqimining yanada ko‘payishiga turtki berishi kutilmoqda.

Mavzuga oid
19:01 / 12.01.2026
AEXA O‘zbekistonni uran chiqindilaridan tozalash rejasini tasdiqladi
12:44 / 07.01.2026
O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz kirish davlatlari soni oshiriladi
18:02 / 05.01.2026
O‘zbekistonda bir yilda 4 000 ta standart bekor qilindi
20:57 / 03.01.2026