Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-Yorkda o‘zbekistonlik uch yoshli go‘dak YTH oqibatida halok bo‘ldi
Nyu-York shahrining Bruklin hududida o‘zbekistonlik go‘dak avtohalokat oqibatida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
“2019 yilning 2 may kuni mamlakatimizning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasiga 2015 yil 16 dekabrda tug‘ilgan voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi E.Sh.ning o‘limiga olib kelgan avtohalokat haqida ma'lumot keldi”, deyiladi xabarda.
Ma'lumotga ko‘ra, fojiali voqea 2 may kuni soat 12.45 da Nyu-York shahrining Bruklin hududida sodir bo‘lgan. E.Sh. grin-kartaga ega bo‘lgan ota-onasi bilan AQShga kelgan.
“Konsullik-huquqiy departamenti YTHda halok bo‘lgan go‘dakning ota-onasiga va yaqinlariga ta'ziya bildiradi va Nyu-York shahridagi Bosh konsulxona konsullik okrugidagi O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda (+1 212) 230-1341, 754-7403, 838-9812 telefon raqamlari yoki [email protected] elektron manzili orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
13:57 / 25.06.2026
«Andijon polkasi» tadbiriga ketayotgan o‘quvchilar YTHga uchradi
18:50 / 24.06.2026
Avtomobil tezligini avtomatik cheklaydigan tizim sinovlardan o‘tolmadi
20:30 / 23.06.2026
Haydovchiga sug‘urta tovoni uchun aybdor tomon sug‘urtalovchisiga murojaat qilish imkoniyati berildi
19:59 / 23.06.2026