O‘zbekiston | 19:52 / 06.05.2019
23996
2 daqiqa o‘qiladi

Energetika vazirligi «O‘zbekneftegaz»ning «Lukoyl»dan qarzdorligi bo‘yicha izoh berdi

«O‘zbekneftegaz»ning «Lukoyl» oldidagi 600 mln dollarga yaqin qarzdorligi bilan bog‘liq vaziyat nazorat ostida, dedi O‘zbekiston energetika vazirining birinchi o‘rinbosari, «O‘zatom» agentligi boshlig‘i Jo‘rabek Mirzamahmudov.

«Bu ikki kompaniyaning o‘zaro munosabati va bu munosabatlar o‘zaro bir-birini tushunish asosida muvaffaqiyatli kechmoqda. Iste'mol o‘sishi munosabati bilan gaz olingan. Ammo vaziyat nazorat ostida. Tomonlarning kelishuviga muvofiq munosabatlar tartibga solinmoqda. Qarz bilan bog‘liq muammo yo‘q», – deb ma'lum qildi Mirzamahmudov jurnalistlarga.

Avvalroq «Lukoyl»ning qazib olish bo‘yicha katta vitse-prezidenti Azat Shamsuarov O‘zbekiston 2018 yilda Rossiya kompaniyasi oldida 600 mln dollarga yaqin miqdorda qarzdor bo‘lib qolganini xabar qilgandi.

Shamsuarov qarzdorlik mahsulotni bo‘lishib olish to‘g‘risidagi kelishuvda qazib olingan gaz to‘liq eksport qilinishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa ham, O‘zbekiston qazib olingan gazning bir qismini ichki bozorga olib qolgani sababli vujudga kelganini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid