Özbekiston «Lukoyl»ga 2018 yilda yetkazib berilgan gaz uçun taxminan 600 million dollar qarzdor bölib qoldi. Şu bilan birga, qarzni qayta tuziş töğrisidagi şartnoma doirasida Rossiya kompaniyasi Toşkentga gazni çegirma bilan yetkazib beriş majburiyatiga ega bölgan. Bu haqda Reuters «Lukoyl»ning qazib oliş işlari böyiça katta vitse-prezidenti Azat Şamsuarovga asosan yozmoqda.
«Lukoyl» uglevodorodlar qazib olişda ösiş nuqtasi deb atayotgan Özbekistonda kompaniya «Qandim-Xauzak-Şodi-Qönğirot» va «Janubi-Ğarbiy Hisor» loyihalarida mahsulotlarni taqsimlaş töğrisidagi bitim şartlari asosida işlaydi. Loyihalarda qazib olingan gaz asosan Xitoyga jönatiladi.
Şamsuarovning investorlarga aytişiça, 600 mln dollarlik qarz, garçi mahsulotni taqsimlaş töğrisidagi bitimda qazib olinuvçi gazning barça hajmi eksport qilinişi nazarda tutilgan bölsa-da, Özbekiston gaz bir qismini içki bozorga olgani tufayli yuzaga kelgan.
«Lukoyl» hozir Özbekistonda yiliga 14,5 milliard kub metr gaz qazib oladi, deya qöşimça qilib ötdi kompaniya vitse-prezidenti. Uning aytişiça, kompaniya mamlakatdagi loyihalarga qariyb 8 mlrd dollar yönaltirdi, ulardan 4 mlrd dollari qaytarildi.
Natijada, 2 yil davomida har oy teng asosda tölovlar bilan qarzni qayta tuziş, şuningdek, «Lukoyl» tomonidan içki bozorga yiliga 5 mlrd kub metr gazni 12,5 foizlik çegirma bilan oldindan tölovning örtaça hisoblangan eksport netbeki böyiça yetkazib berilişi töğrisidagi kelişuvga erişildi, deydi Şamsuarov.
Bundan oldin, 2020 yilga qadar «Lukoyl» Özbekistonda gaz qazib oliş hajmini 16 mlrdga yetkazişni rejalaştirgandi, ulardan 8 mlrd kub metri Qandimda, 5 mlrd kub metr - Hisorda va 3 mlrd kub metr - Xauzakda qazib olinişi möljallangan.
2004 yilda Özbekistonga kelgan «Lukoyl» avval bu mamlakatdagi yangi aktivlarni köz ostiga olgandi.












