Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston Rossiyadan 464 ta T-90S tankini sotib olishni rejalashtirmoqda
Hindiston armiyasi Pokiston bilan chegaradagi harbiy qismlarini kuchaytirish uchun qurollanishga 464 ta T-90S “Bxishma” tankini olmoqchi. Bu haqda Hindiston mudofaa majmuasidagi manbaga iqtibos keltirgan holda Economic Times nashri ma'lum qildi.
134,5 mlrd rupiyga (2 mlrd dollar) baholanayotgan tanklar qurollanishga 2022 yildan 2026 yilgacha turadi. 64 ta tankdan iborat ilk partiya 30-40 oy ichida yetkazilishi mumkin Hozirda Hindiston armiyasida 1070 ta shunday tank bor.
Ma'lum qilinishicha, Hindiston qo‘shnisi o‘z qurollanishini modernizatsiya qilishi fonida o‘z qurolli kuchlarini kuchaytirmoqda. Pokiston ham Rossiyadan shunday 360 ta tank sotib olishni muhokama qilmoqda.
Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlar fevralda Hindistonning Jammu va Kashmir shtatida harbiylar avtokolonnasiga hujumdan keyin keskinlashgan. O‘shanda terrorchi portlovchi moddalar bilan yuklangan avtomobilda harbiylar ketayotgan avtobusga borib urilgan. Terakt oqibatida 45 kishi halok bo‘lgan.
Hindiston kuchlari bunga javoban Pokiston hududidagi terrorchilar lagerini bombardimon qilgan. Shundan keyin Hindiston va Pokiston harbiy-havo kuchlari qiruvchi samolyotlari o‘rtasida havo jangi yuz bergan.
Mavzuga oid
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026