Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh delegatsiyasi O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida bo‘ldi
Bugun, 14 may kuni Missisipi shtati gubernatori Filipp Brayant boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi yurtimizga tashrifi doirasida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida bo‘ldi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
Missisipi shtati administratsiyasi, yetakchi tashkilotlar hamda savdo, innovatsiyalar, sanoat, qishloq xo‘jaligi va ta'lim sohalaridagi kompaniyalar vakillaridan iborat AQSh delegatsiyasi akademiyaning infratuzilmasi, o‘quv-moddiy bazasi bilan tanishdi. Ta'lim dargohining professor-o‘qituvchilar tarkibi bilan birgalikda muloqotlar o‘tkazdi. Xususan, Akademiyada faoliyat yuritayotgan Jorj Marshall nomidagi xavfsizlik masalalarini o‘rganish bo‘yicha Yevropa markazi xodimi professor Gregori Glison bilan harbiy kadrlar masalasida fikr almashildi.
Gregori Glison 2018 yilning noyabr oyidan buyon Akademiyada xalqaro xavfsizlik bo‘yicha o‘quv kurslarini o‘tib kelmoqda.
Shuningdek, mehmonlar Akademiya tarixi muzeyida bo‘ldi. O‘quv xonalarini ko‘zdan kechirdi, axborot-resurs markazi, kursantlarning yashash sharoitlari bilan tanishdi.
“Delegatsiya tarkibida kelgan AQSh Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qo‘mondoni – shtat gubernatori o‘rinbosari general Jyenson Boylz bundan keyin ham ikki tomonlama hamkorlik aloqalari rivojiga umid bildirib, yurtimizga yana bir bor tashrif qilganidan mamnunligini izhor qildi. Mamlakatlarimiz qurolli kuchlari o‘rtasida tajriba almashish jarayonlariga yanada e'tibor qaratish lozimligini ta'kidladi”, deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Jyenson Boylz o‘tgan yilning sentyabrida ham O‘zbekistonda bo‘lib, sohaga oid bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazgan edi.
Mavzuga oid
17:53
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Markaziy Osiyo mamlakatlariga tashrif buyurmoqchi
11:00
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
10:30
AQSh poytaxtida o‘zbek tadbirkorlari uchun maxsus dastur ishga tushirildi
09:30