Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada parlament binosida teraktning oldi olindi
Turkiya xavfsizlik xizmati mamlakat parlamentida terakt sodir etilishining oldini oldi, deb ma'lum qildi Turkiya prezidenti ma'muriyatining jamoatchilik bilan aloqalar departamenti rahbari Fahrettin Altun.
Avvalroq TRT telekanali parlamentga tashrif buyuruvchilar zaliga ikki kishi kirib, qonunchilik organi xodimlarini garovga olishga uringani haqida xabar qilgandi. Xavfsizlik kuchlari ularni o‘z vaqtida yo‘q qilishgan. Ular tanalariga portlovchi qurilma solingan qutilarni bog‘lab olgan bo‘lishgan.
Ma'lum qilinishicha, ular "Inqilobiy xalq-ozodlik harakati partiyasi - front" guruhining a'zolari bo‘lgan.
Ushbu guruh 1978 yilda tashkil topgan bo‘lib, radikal markscha-lenincha mafkura yo‘lidan boradi. Avvalroq Turkiya hukumati mazkur guruhni qator terrorchilik harakatlarini tashkil etishda ayblagandi.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026