O‘zbekiston | 08:28 / 18.05.2019
3369
1 daqiqa o‘qiladi

Energetika vazirligi Fransiya kompaniyasi bilan qo‘shma korxona tashkil etadi

Foto: Energetika vazirligining matbuot xizmati

2019 yil 16 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va «Assystem Engineeringand Operation Services S.A.S» (Fransiya) kompaniyasi o‘rtasida energetika sohasida manfaatli texnik hamkorlik olib borish yuzasidan anglashuv Memorandumi imzolandi.

Bo‘lg‘usi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida «O‘zenerjiinjiniring» qo‘shma korxonasini tashkil etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining atom dasturi doirasida hamkorlik qilish belgilab olindi, deya xabar beradi Energetika vazirligining matbuot xizmati.

Tomonlar yuqorida ta'kidlangan sohalardagi loyihalarni ishlab chiqish, loyihalarni boshqarish kabi texnikaviy hamkorlikning yangi shakllarini rag‘batlantirishni rejalashtirmoqdalar.

Memorandum uch yilga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘zaro hamkorlik doirasida har yili uzaytirilishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid