Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iste'molchilar huquqlarini buzgan banklar endi jiddiy jarimaga tortiladi
Markaziy bank tomonidan bank qonunchiligi va bank faoliyatini tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlarni buzganliklari uchun tijorat banklariga nisbatan qo‘llaniladigan chora va sanksiyalar to‘g‘risidagi nizom yangi bob bilan to‘ldirildi. Tuzatishlar 3 oydan keyin kuchga kiradi, deb yozmoqda Norma.
Hujjatga bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarini buzganlik uchun sanksiyani kiritdilar. Bu holda jarima miqdorlari quyidagilarga nisbatan:
• tijorat bankiga - bank ustav kapitalining belgilangan eng kam miqdorining 0,1%igacha miqdorini (amaldagi qiymatda 100 mln so‘mni tashkil qiladi);
• mikrokredit tashkilotiga - mikrokredit tashkiloti ustav fondining belgilangan eng kam miqdorining 0,1%i miqdorini (amaldagi qiymatda 2 mln so‘mni tashkil qiladi);
• lombardga - EKIHning 10 baravari miqdorini tashkil etadi (amaldagi qiymatda 2 027 300 so‘mni tashkil qiladi).
Hujjat 25.08.2019 yildan kuchga kiradi.
Mavzuga oid
10:45 / 17.06.2026
Muddati o‘tgan mahsulotlarni sotganlik uchun jarimalar oshirilishi mumkin
11:49 / 20.05.2026
5 ming so‘mlik kolbasalar: ogohlantirish va jarima yetarli chorami?
18:55 / 15.05.2026
Toshkentda noto‘g‘ri «parkovka» qilingan avtomobillar jarima maydoniga olib ketiladi
11:36 / 14.05.2026