Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Rossiyadan 100 million yevrolik energetika uskunalarini sotib oladi
O‘zbekiston Rossiyadan 100 million yevrolik energika uskunalari partiyasini sotib oladi. Bu haqda «VEB.RF» raisi Igor Shuvalov davlat taraqqiyot korporatsiyasi kuzatuv kengashi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha brifingda aytib o‘tdi.
«Dmitriy Medvedevning O‘zbekistonga muhim tashrifi kutilmoqda. Bugun biz bir-biriga bog‘liq bo‘lgan qarorlarni qabul qildik. Birinchidan, «VEB.RF» ishlayotgan mamlakatlariga tegishli limitlarni belgilash to‘g‘risida qaror. Bu to‘qqizta davlat bo‘lib, O‘zbekiston ham ushbu ro‘yxatga kiritilgan», - dedi u.
Foto: government.ru
Shuvalovning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekistonning energiya quvvatlari energobloklarini modernizatsiya qilish uchun Rossiya energetika uskunalarini sotib olish maqsadida O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga nisbatan maxsus limit belgilash haqida qaror qabul qilindi.
«Bu juda yaxshi bitim, sababi bizning mashinasozlarni buyurtmalar bilan ta'minlaydi hamda eksport shartnomasidir. Shuning uchun bugun barcha qarorlar qabul qilindi. Bizning hisob-kitoblarimizga ko‘ra, bitim taxminan 100 million yevro qiymatni tashkil etadi», - deya ta'kidlab o‘tdi u.
Joriy yilning aprel oyida «VEB.RF» va «Rosatom» davlat korporatsiyasi O‘zbekistonda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha loyihani amalga oshirish doirasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvga erishgan.
Mavzuga oid
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026
MAKS aviakosmik ko‘rgazmasi yana bir yilga qoldirildi
16:23 / 11.06.2026