Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tehron AQSh tajovuzini qaytarishga kuchi yetishini ma'lum qildi
Eron armiyasi mamlakatni AQSh tajovuzidan himoya qilish uchun barcha zarur qurollarga ega, deb bayonot berdi islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondoni Husayn Salomiy Al Alam telekanali orqali.
"Eron qurolli kuchlari mudofaa sanoati tomonidan harbiy-transport vositalari, raketalar, jangovar samolyotlar va dronlar bilan ta'minlangan", - dedi u.
Salomiyning so‘zlariga ko‘ra, eronliklar AQShning dengizda harakatlanadigan aviatashuvchi va kemalarini yo‘q qilishga qodir raketa tizimlariga ega.
"12 yil ilgari ishlab chiqarilgan bunday majmualarga atigi bir nechta davlat ega", - dedi Salomiy.
Uning aytishicha, Eron ballistik raketalari arsenali Yaqin Sharqda eng yirik hisoblanadi.
24 may kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Yaqin Sharqqa qo‘shimcha 1,5 ming harbiy jo‘natilishini e'lon qildi. Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif bu qadamni "global tinchlik va barqarorlikka tahdid" deb atadi.
Mavzuga oid
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:26 / 19.06.2026
Eron yana Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopilganini e’lon qildi
17:56 / 19.06.2026