Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Forbes dunyoning eng qimmat futbol klublari nomini e'lon qildi
Foto: Susana Vera / REUTERS
Madridning «Real» klubi ikki yillik tanaffusdan so‘ng jahonning eng qimmat futbol klublari reytingida birinchi o‘ringa qaytdi. Forbes jurnalining yozishicha, Ispaniya jamoasining qiymati 4%ga o‘sib, 4,24 mlrd dollarga yetgan.
Milliy chempionatda g‘olib bo‘lgan «Barselona» 4,02 mlrd dollar qiymat bilan reytingda ikkinchi bo‘ldi.
O‘tgan yili aksiyalari yuqori darajaga yetgan «Manchester Yunayted» uchinchi o‘rinda joylashdi. Uning narxi 3,81 mlrd dollarni tashkil etdi.
Germaniya chempioni — Myunxenning «Bavariya»si to‘rtinchi (3,02 mlrd dollar), Italiya chempioni «Yuventus» 10-, Fransiya chempioni PSJ 11-o‘rindan joy oldi.
Dastlabki yigirmatalikda Angliya premer-ligasi vakillari ko‘pchilikni tashkil etadi. Ro‘yxatda «Manchester Yunayted» bilan birga «Manchester Siti» (5-o‘rin), «Chelsi» (6-o‘rin), «Arsenal» (7-o‘rin), «Liverpul» va «Tottenxem» (8- va 9-o‘rinlar), «Vest Xem» (17-o‘rin), «Everton» (19-o‘rin) va «Nyukasl Yunayted» (20-o‘rin) bor.
Mavzuga oid
16:03 / 27.05.2026
Forbes dunyoning eng serdaromad sportchilari reytingini e’lon qildi
17:03 / 19.05.2026
«Real»da inqiroz. O‘t o‘chirishga Joze kelmoqda
23:20 / 12.05.2026
Men ketmayman - «Real» prezidenti Florentino Peres shoshilinch matbuot anjumani o‘tkazdi
02:34 / 11.05.2026