O‘zbekiston | 13:00 / 01.06.2019
19692
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Kengashi prezidenti Twitter’dagi sahifasida o‘zbekcha gapirdi

Yevropa Kengashi prezidenti Donald Tusk Twitter’dagi sahifasida o‘zbekcha gapirdi. 

U O‘zbekistonga tashrifi bo‘yicha ikkita tvit qoldirgan - biri ingliz tilida, ikkinchi tvitini esa lotin alifbosidagi o‘zbek tilida yozgan.

«O‘zbekiston va prezident Shavkat Mirziyoyev mintaqada ancha yaxshilangan hamkorlikda katta rol o‘ynaydi. Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyo bilan mustahkam va jadallashgan hamkorlikning tarafdoridir», deyiladi tvitda.

31 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Yevropa kengashi Prezidenti Donald Tuskni qabul qilgandi.

Donald Tusk Markaziy Osiyo bo‘ylab turnesini 29 may kuni boshlagandi. 30 may kuni u Tojikistonda bo‘ldi, 31 may kuni esa — Qozog‘istonda. U 2 iyungacha O‘zbekistonda bo‘ladi.

Mavzuga oid