Tusk Polshaning amaldagi rahbariyati bilan murakkab munosabatlarda bo‘lib, u tomondan tashkil etilgan “Fuqarolik platformasi” partiyasi ayni vaqtda muxolifat tomondadir. O‘z vaqtida Polsha Tusk Yevrokengash rahbari lavozimini egallashiga qarshi chiqqan yagona davlat bo‘lgan.

“Yo‘q, men bormoqchimasman”, deb aytgan Tusk va “Tadbir tashkilotchilari meni u yerda ko‘rishni istamaydilar va menga xursand emasliklarini bilib turib, hech qachon suqilmayman”, deb qo‘shimcha qilgan.  

Polsha rasmiylari ma'lumotlariga ko‘ra, tadbirlarga 20 ta davlat prezidenti tashrif buyuradi. Varshavada o‘tadigan tadbirlar 1 sentyabrga belgilangan.