Yevropa Kengaşi prezidenti Donald Tusk Twitter’dagi sahifasida özbekça gapirdi.
U Özbekistonga taşrifi böyiça ikkita tvit qoldirgan - biri ingliz tilida, ikkinçi tvitini esa lotin alifbosidagi özbek tilida yozgan.
«Özbekiston va prezident Şavkat Mirziyoyev mintaqada ança yaxşilangan hamkorlikda katta rol öynaydi. Yevropa Ittifoqi Özbekiston va butun Markaziy Osiyo bilan mustahkam va jadallaşgan hamkorlikning tarafdoridir», deyiladi tvitda.

31 may kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev mamlakatimizga amaliy taşrif bilan kelgan Yevropa kengaşi Prezidenti Donald Tuskni qabul qilgandi.
Donald Tusk Markaziy Osiyo böylab turnesini 29 may kuni boşlagandi. 30 may kuni u Tojikistonda böldi, 31 may kuni esa — Qozoğistonda. U 2 iyungaça Özbekistonda böladi.
Köp yillik boş vazir va sözamol siyosatçi – Özbekistonga kelayotgan «Yevropa prezidenti» Donald Tusk kim?











