Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident: Xalq deputatlari mahalliy Kengashiga hokim rais bo‘lmaydi
Toshkent viloyati hokimligida prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, prezident ayrim tuman va shahar rahbarlarini iqtisodiyotni umuman tushunmasligini kuyunib ta'kidlagan.
«Xalq deputatlari mahalliy Kengashiga hokim rais bo‘lmaydi. Deputatlarga 2 yilda katta imkoniyatlar berdim. Faqat qo‘l ko‘taradi.
Rahbar vatanparvar bo‘lishi kerak, xalqparvar bo‘lishi kerak! Qaysi biringlar xalqni yaxshi ko‘rasizlar?!», — degan Prezident.
Qayd etish kerakki, prezident hokimlar xalq deputatlari mahalliy kengashlariga rais bo‘lmasligi kerakligi haqida bundan avval ham gapirgandi. U 2018 yil dekabr oyida Qashqadaryo viloyati faollari bilan bo‘lgan uchrashuvda shu masalaga to‘xtalib, «Bir rahbar odam ham hokim, ham kengash raisi bo‘lolmaydi. Kerak bo‘lsa, hokim kengashga hisobot beradi. Viloyat va tuman deputatlariga ham vakolatlar beriladi», degan edi.
Bundan tashqari, Prezidentning 2018 yilning 28 dekabrida parlamentga murojaatnomasida hokimning mahalliy kengashlarga raislik qilishi amaliyotini bekor qilish haqida gapirib, «Hokim hokimligini qilsin, lekin kengash oldida hisobot bersin», degandi.
Mavzuga oid
21:34 / 08.04.2026
Toshkent viloyatida 400 gektar maydonda xalqaro innovatsion tibbiyot shaharchasi barpo etiladi
19:24 / 07.04.2026
Toshkent viloyatida bolani uxlamagani uchun haqoratlab, urgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi
18:54 / 06.04.2026
Chegaradan ko‘p miqdordagi giyohvand moddalar olib kirilishiga chek qo‘yildi
07:51 / 02.04.2026