Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Argentina va Braziliya yagona umumiy valuta joriy etishni muhokama qilmoqda
Foto: Creative Commons
Argentina va Braziliya peso-real deb nomlanuvchi yagona umumiy valuta yaratishni muhokama qilmoqda, bu mavzu ikki davlat prezidentlari uchrashuvi arafasida tilga olindi, deb xabar berdi Infobae portali.
Ushbu mavzu Braziliya va Argentina moliya vazirlarining XVJ va jahon bankida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarida muhokama qilingan.
Argentina moliya vazirligidagi manbalarning so‘zlariga ko‘ra, bu g‘oyani yaqin orada amalga oshirib bo‘lmaydi, hozircha muhokama ketmoqda xolos.
Argentina, Braziliya, Paragvay va Urugvay kiradigan Merkosur (Janubiy Amerika umumiy bozori) doirasida yagona valutani joriy etish masalasi anchadan buyon mavjud.
Mavzuga oid
08:24 / 15.12.2025
O‘zbekiston va Braziliya qo‘shma loyihalarni ishga tushirishni muhokama qildi
15:54 / 10.12.2025
Toshkentda Braziliyaning yangi elchisi faoliyatini boshladi
17:24 / 08.12.2025
Xitoy dunyodagi eng uzoq aviaqatnovni yo‘lga qo‘ydi
07:20 / 06.12.2025