Jahon | 18:00 / 09.06.2019
15207
1 daqiqa o‘qiladi

Leningrad viloyatida yashin urishi natijasida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Foto: n71.ru

7 iyun kuni Leningrad viloyatida qurilayotgan obektda yashin urishi natijasida 1995 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Zuhriddin Yusupov vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma'lumotga tayanib TIV xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh konsulxona o‘lim fakti yuzasidan tekshiruv o‘tkazayotgan Sosnovoborsk tumanlararo tergov bo‘limi bilan aloqa o‘rnatgan va vaziyatni nazoratga olgan.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildiradi va Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenets avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologda viloyati) hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga +7-965-029-41-49 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid