«Fontanka» yozişiça, dronlar hujumi xavfi haqida ogohlantiriş mintaqa aholisiga tungi soat birlar atrofida yuborilgan. Ertalab soat sakkizgaça esa xavf bekor qilingani haqida signal berilmagan.
Pulkovo aeroporti yarim tunda reyslarni qabul qiliş va jönatişni töxtatdi. Oqibatda önlab reyslar keçiktirildi, bir qismi esa bekor qilindi yoki zaxira aerodromlariga yönaltirildi. «Fontanka» ma’lumotiga köra, 28 ta samolyot boşqa aerodromlarga ketgan, 34 ta reys ikki soatdan ortiqqa keçikkan va 30 ta uçiş reysi bekor qilingan.
Yangilangan ma’lumotlarga köra, soat 09:00 da Moskva vaqti bilan Rosaviatsiya Pulkovo uçun reyslarni qabul qiliş va jönatişga qöyilgan töliq çeklovni bekor qildi. Biroq aeroport reyslarni «tegişli idoralar bilan kelişilgan holda» qabul qiliş va jönatişda davom etmoqda.
Drozdenkoning aytişiça, dronlar hujumi vaqtida Primorsk portida yonilği saqlanadigan rezervuar şikastlangan va yonğin çiqqan. Şuningdek, Viborg tumanidagi Yermilovo posyolkasi yaqinida bir dron elektr uzatiş liniyasi tayançiga zarar yetkazgan. Hozirça jabrlanganlar haqida ma’lumot yöq.
22 mart kuni ham Leningrad viloyati ustida urib tuşirilgan dronlar haqida xabarlar berilgan edi. Yakşanba kuni kunduzi Sankt-Peterburgda mobil internet öçirilgan, öşa paytda esa dronlar hujumi xavfi haqida rasmiy ogohlantiriş tarqatilmagani aytilgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga köra, 23 martga ötar keçasi Rossiya hududi ustida jami 249 ta uçuvçisiz apparat urib tuşirilgan.












