Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moldova parlamenti mamlakatning yangi bosh vazirini sayladi
Moldova Respublikasi parlamenti deputatlari YeI tarafdori bo‘lgan ACUM bloki («Nufuz va haqiqat platformasi» siyosiy partiyasi va «Harakat birdamlik» partiyasi saylovi bloki) hamraisasi Mayya Sanduni bosh vazir etib saylashdi, deb xabar bergan parlament spikeri Zinaida Grechaniy.
Avvalroq Moldova prezidenti Igor Dodon parlament fraksiyalari bilan maslahatlashuvdan so‘ng ACUM bloki hamraisasi Mayya Sandu nomzodini bosh vazir lavozimiga ilgari surishga qaror qilgani xabar qilinayotgan edi.
«Deputatlar Mayya Sandu nomzodini bir ovozdan bosh vazir etib tayinlash uchun qo‘llab-quvvatlashdi, uni tayinlov bilan tabriklaymiz», — degan Grechaniy.
Sandu parlamentga o‘z hukumati ish dasturini taqdim etgan va vazirlar mahkamasi ishi uchta asosiy ustuvor maqsadlarga tayanishini ma'lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi ustuvor maqsad — oligarxlardan xalos bo‘lish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish; ikkinchisi — mamlakatni izolyatsiyadan qutqarish va iqtisodiyotni tiklash, sheriklarning ishonchiga qayta sazovor bo‘lish, islohotlar va ijtimoiy siyosat o‘tkazish uchun tashqi manbalardan moliyalashtirish topish; uchinchisi — fuqarolarning farovonligini yuksaltirish.
Sandu shuningdek, parlamentga o‘zi bilan birga ishlaydigan vazirlar jamoasini ham taqdim etgan.
ACUM o‘ng bloki Yevropa bilan integratsiyalashuvni qo‘llab keladi, biroq Moldovaning barcha tashqi hamkorlari, jumladan, Rossiya bilan ham munosabatlarni saqlab qolishga qarshi emas. Blokning asosiy dasturi mamlakatni oligarxlar changalidan qutqarishga yo‘naltirilgan.
Mavzuga oid
09:45 / 16.06.2026
Ukraina va Moldova YeI a’zoligi sari yana bir qadam tashladi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
13:41 / 18.03.2026
Moldovada Ukraina chegarasi yaqinida qulagan dron topildi
13:33 / 12.03.2026