Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nur-Sulton va Olmaotadagi mitinglarda 100ga yaqin kishi qo‘lga olindi
Nur-Sulton va Olmaotadagi ruxsat berilmagan mitinglarda yuzga yaqin kishi qo‘lga olindi, deb ma'lum qildi Qozog‘iston IIV rahbarining birinchi o‘rinbosari Marat Kojayev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlar orasida "jamoatchilikka qarshi mazkur tadbirlarni o‘tkazishni targ‘ib qilgan va faol qatnashganlar bor".
Kojayev Nursulton va Olmaotadagi mitinglar "Qozog‘istonda taqiqlangan ekstremistik tashkilot chaqirig‘i bilan" tashkil etilganini aytdi.
Yakshanba kuni Qozog‘istonda prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda. Qozog‘iston prezidenti lavozimi uchun 7 nomzod da'vogarlik qilmoqda. Saylovda mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev ilk bor nomzod sifatida ishtirok etmayapti.



Mavzuga oid
20:33 / 02.05.2026
Olmaotada Qozog‘istondagi ilk krematoriy ishga tushdi
08:30 / 21.03.2026
Olmaotada 48 nafar mehnat muhojirining pasporti qaytarib olib berildi
11:48 / 16.03.2026
Vengriya poytaxtida saylovlar oldidan ommaviy mitinglar o‘tkazildi
12:11 / 16.02.2026