Jahon | 13:10 / 12.06.2019
18263
2 daqiqa o‘qiladi

Toqayev AES haqida: «Agar qurish kerak bo‘lsa, avval referendum o‘tkazamiz»

Qozog‘istonning yangi prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev agar mamlakatda atom elektrostansiyasi quriladigan bo‘lsa, bu referendum orqali bo‘lishiga va'da berdi.

«Atom elektrostansiyasi qurish hozircha rejalashtirilmayapti. Quradigan bo‘lsak ham, bu masalani albatta butun xalq bilan muhokama qilamiz. Talab qilinsa, referendum o‘tkazamiz.

Bilasiz, birinchi prezidentimiz Nursulton Nazarboyevning Semipalatinsk yadro poligonini yopish to‘g‘risidagi tarixiy qarori sharofati bilan Qozog‘iston yadro qurolini tarqatmaslik harakatining yetakchisi sifatida tan olingan», deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Tengrinews.kz nashri.

U energoresurslar masalasi muhimligi, lekin transport tuzilmasini takomillashtirish undanda muhimroqligini ta'kidlab o‘tgan.

«Keyingi yilda Qozog‘iston «Bir makon, bir yo‘l» loyihasidagi a'zoligi orqali besh milliard dollar daromad olishni rejalashtirmoqda», deya qo‘shimcha qilgan Toqayev.

Bundan avvalroq Janubiy Koreyaning BussinesKorea nashri Korea Hydro & Nuclear Power (KHNP) davlat korporatsiyasi Qozog‘istonda ikkita AES bo‘yicha loyihalash, xarid qilish hamda qurishda ishtirok etish niyatida ekanligi haqida xabar tarqatgandi.

Ko‘p o‘tmay Qozog‘iston energetika vazirligi AES qurish bo‘yicha tender e'lon qilingani haqidagi xabarni rad etdi.

Mavzuga oid