Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Donbass aholisiga Rossiya pasportlarini berish boshlandi
Foto: RIA Novosti / Sergey Averin
“DXR” va “LXR” aholisiga Rossiya pasportlarini berish boshlandi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib RBK xabar berdi.
Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, hujjat berish Rossiya-Ukraina chegarasidagi ikkita vaqtincha o‘tkazish punktida tashkil etilgan. RBK suhbatdoshlaridan birining aytishicha, hozirda 1,2 ming nafar Donbass fuqarosining pasport olish bo‘yicha arizasi ma'qullangan, “DXR” va “LXR”ning jami 12 ming aholisidan ariza kelib tushgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin aprel oyi oxirida “DXR” va “LXR” fuqarolariga Rossiya fuqaroligini berish tartibini soddalashtirish bo‘yicha farmonga imzo chekkandi.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, pasport berish «sof gumanitar tusga» ega, chunki Donbass aholisi bemalol ko‘chib o‘ta olmayapti, o‘z ehtiyoj va huquqlarini qondira olmayapti.
Mavzuga oid
14:08 / 18.02.2026
«Odamlar buni hech qachon kechirmaydi. Hech qachon». Zelenskiy Donbassni Rossiyaga berish taklifi haqida
11:33 / 13.02.2026
The Atlantic: Ukraina, ehtimol, Donbassni Rossiyaga berishga tayyor
09:50 / 10.01.2026
Kiyev Donbassda erkin iqtisodiy zona tashkil etish taklifini o‘rganmoqda
16:09 / 31.12.2025