Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Yevropada yangi Abrams tanklarini sinovdan o‘tkazadi
AQSh mudofaa vazirligi Yevropadagi bazalariga M1A2 Abrams yangi tanklarini va M2 Bradley jangovar piyoda mashinalarini keltiradi, deb xabar berdi TASS harbiy-diplomatik manbasiga tayanib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tanklarni yetkazib berish 2020 yilning oxirida boshlanadi.
"Unga qadar bu texnikalar Yevropada sinovdan o‘tkaziladi", - dedi u.
Manbaning aytishicha, Yevropadagi AQSh harbiylari beshta Abrams va beshta Bradley brigada majmualarini oladi.
Pentagon ma'lumotlariga ko‘ra, Abrams tanklari brigada majmuasiga 102 tagacha, Bradley brigada majmuasiga esa 138tagacha texnika kiradi.