Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ruhoniy: Yevropada yadroviy kelishuvni saqlab qolish uchun ozgina vaqt qoldi
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Yevropa mamlakatlarida Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvni saqlab qolish uchun ozgina vaqt qolganini aytdi.
"Yevropaliklarda kelishuvni saqlab qolish uchun ozgina vaqt qoldi", - dedi Ruhoniy. Uning so‘zlaridan Al Arabiya telekanali iqtibos keltirmoqda.
Eron prezidentining qo‘shimcha qilishicha, "xalqaro kelishuvning buzilishi mintaqa foydasiga xizmat qilmaydi".
8 may kuni Hasan Ruhoniy Tehron yadroviy kelishuv bo‘yicha majburiyatlarning bir qismini to‘xtatishini va uni bajarishga qaytish uchun kelishuvning boshqa ishtirokchilariga ikki oy muhlat berilishini ma'lum qilgandi.
Eronning fikricha, kelishuv ishtirokchilari, birinchi navbatda yevropaliklar uning iqtisodiy qismidagi o‘z majburiyatlarini to‘liq bajarishmayapti, shuning uchun hozirgi kelishuvdan ma'no yo‘q.
Mavzuga oid
09:45
AQSh, Eron va Livan ishtirokida maxsus tartibga solish guruhi tuziladi
09:28
AQSh va Eron muzokaralarning birinchi raundi yakunlandi. Nimalar ma’lum?
22:10 / 21.06.2026
Eron Tramp tahdidlaridan so‘ng muzokaralarni davom ettirishdan bosh tortdi
09:32 / 20.06.2026