Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 iyun kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.
«Prezidentlar joriy yil 14-15 iyun kunlari Bishkek va Dushanbe shaharlarida bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning beshinchi sammiti tadbirlari yakunlari yuzasidan fikr almashdilar.
Suhbatda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqildi.
Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida ustuvor loyiha va dasturlarni, jumladan, joriy yil 30 may kuni Urganch shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiya birinchi majlisida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhimligiga alohida e'tibor qaratildi.
Davlat rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikka doir dolzarb masalalarni ham muhokama qildilar», deyiladi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabarida.
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo mamlakatlar davlat rahbarlari kengashining o‘n to‘qqizinchi majlisi 13-14 iyun kunlari Bishkekda bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi.
Sammitda Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.
O‘zbekiston Prezidenti mintaqada savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, transport kommunikatsiyalari, axborot texnologiyalari va xavfsizlik sohalaridagi aloqalarni yanada mustahkamlash kabi masalalar bo‘yicha dolzarb fikrlar bildirdi.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026