MIB: byuro tashkil etilgandan buyon 54,5 trln. so‘m undirildi
Bugun, 19 iyun kuni Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi rahbariyati hamda mas'ul xodimlari bilan Byuro faoliyatining takomillashuvi va asossiz qarzdorlikning kelib chiqishi masalasida brifing bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda berilgan ma'lumotlarga ko‘ra:
Byuro tashkil etilgandan buyon 54,5 trln. so‘m mablag‘ undirilgan. Bunda elektr energiyasi uchun haq ulushi – 26,7 trln., tabiiy gaz – 26,2 trln., ichimlik suvi – 1,5 trln. maishiy chiqindi – 90 mlrd. so‘mni tashkil qiladi.
Bu ko‘rsatkich Byuro tashkil etilmasdan oldingi ko‘rsatkichga nisbatan 168 foiz ko‘p demakdir.
“O‘zbekenergo”, O‘ztransgaz” va suv ta'minoti korxonalarining jami 13.669 (gaz – 4.255, elektr – 6.562, suv – 2.852) nafar nazoratchilari 5,9 trln. so‘m undirgan bo‘lsa, byuroning 5.439 nafar davlat inspektorlari tomonidan 2018 yilning shu davrida 14,3 trln. so‘m yoki 8,3 trln. so‘m (139 %) ko‘p mablag‘ undirildi, ya'ni kamroq xodim bilan ko‘proq natijaga erishilmoqda.
Sud qarorlarining so‘zsiz ijrosini ta'minlash borasida 30,6 trln. so‘mga yaqin undiruv amalga oshirilgan.
Byuro organlari tomonidan faoliyatini boshlagandan hozirga qadar 1 trln. 342 mlrd. so‘m noreal qarzdorlik bo‘yicha 243 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Byuro xodimlari o‘z vazifalarini bajarishda ayrim fuqarolar tomonidan qarshilik ko‘rsatish holatlariga ham duch kelishmoqda. O‘tgan davrda, qarshilik ko‘rsatish bog‘liq 319 ta holatlar aniqlanib, aybdorlarga qonuniy chora ko‘rilgan.
Mavzuga oid
20:45 / 10.09.2024
Toshkentda yo‘l harakati qoidalarini 363 marta buzgan Spark xatlovga olindi
22:05 / 19.07.2024
Qashqadaryoda yo‘l harakati qoidalarini 105 marta buzgan Gentra xatlovga olindi
09:55 / 19.07.2024
Mashina yoki ko‘chmas mulkda taqiq bor-yo‘qligini tekshirish tizimi ishga tushirildi
17:55 / 05.06.2024