AQSh toliblar bilan muzokaralarning so‘nggi raundi o‘ta sermahsul bo‘lganini bildirdi
AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod “Tolibon” harakati bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarning oxirgi raundini o‘ta sermahsul deb baholadi. U bu haqda o‘zining Twitter sahifasida ma'lum qildi.
"Muzokaralarning oxirgi olti kuni barcha davrlar ichidagi eng sermahsuli bo‘ldi. Biz tinchlik kelishuvining barcha to‘rt bo‘limi: kontrterroristik kafolatlar, qo‘shinlarni olib chiqish, Afg‘oniston ichki muloqotidagi ishtirok va muzokaralar hamda muntazam ravishda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha sezilarli siljishlarga erishdik", - deb yozdi Xalilzod.
U shuningdek, muzokaralar vaqtincha to‘xtatilganini va 9 iyuldan davom etishini ma'lum qildi.
Avvalroq “Tolibon” harakatining Qatardagi siyosiy ofisi rasmiy vakili Muhammad Suhayl Shaxin toliblar 7-8 iyulda Dohada o‘tkaziladigan Afg‘oniston bo‘yicha anjumanda ishtirok etishini bildirgandi.
Mavzuga oid
21:16
Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, amerikaliklarni Marsga qo‘ndirishga va’da berdi
09:51
Dollarning kelajagiga shubhalar qanchalik asosli?
23:09 / 05.10.2024
Gvatemalada o‘zbek migrantlari kontrabandasi bilan shug‘ullangan politsiyachilar hibsga olindi
15:16 / 05.10.2024